Bugun biz jarimalar haqidagi yakunlovchi axborotni e’lon qilamiz: unga yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun eng qat’iy jazolar ro‘yxati kiritilgan.

Minimal va o‘rtacha jarimalar haqida ma’lumotni bu yerdan va bu yerdan olishingiz mumkin.

Bu axborot siz uchun foydali bo‘lishiga ishonch bildiramiz.

Yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling va yo‘llarda e’tiborli bo‘ling!

1Davlat raqam belgisi yasama yoki o‘zgartirilgan transport vositalarini, shuningdek, davlat raqam belgisi ayni shu transport vositasiga tegishli bo‘lmagan transport vositasini boshqarish eng kam ish haqining o‘n barobari (1 184 000 so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi
2Tegishli ruxsatnomasiz og‘ir vaznli, xavfli, yirik gabaritli yuklarni tashish va yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit o‘lchamlari belgilangan normalardan ortiq bo‘lgan transport vositalarida yo‘lga chiqish, shuningdek, ruxsatnomada ko‘rsatilgan harakat yo‘nalishidan chetga chiqish
  • fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n barobari miqdorida jarima solishga (1 184 000 so'm)
  • yuk tashish uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarga esa — eng kam ish haqining 15 barobari (1 776 000 so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi
  • ushbu huquqbuzarlikka beriluvchi maksimal jazo — transport vositasini boshqarish huquqidan olti oygacha muddatga mahrum etishdan iborat
       
3Haydovchining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tganligi sababli ikki marta ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida bu qoida takror buzilgan holdatransport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etiladi
4Haydovchining to‘sqinliksiz harakat qilish huquqidan foydalanadigan transport vositalarining o‘tib ketishiga xalaqit berishi ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsau eng kam ish haqining yigirma barobari (2 368 000 so‘m) miqdorida jarimaga tortiladi. Ushbu huquqbuzarlikka beriluvchi maksimal jazo — transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishdan iborat
5Haydovchining yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yo‘l chiqishi, avariya holati yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan, ya’ni yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yo‘nalishini keskin o‘zgartirishga yoki o‘z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash uchun o‘zga choralarni ko‘rishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etishieng kam ish haqining o‘n barobari (1 184 000 so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi
6Xuddi shu huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etisheng kam ish haqining yigirma barobari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi
7Transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda boshqarish transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi
8Bu huquq buzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsaeng kam ish haqining o‘ttiz barobari (3 552 000 so‘m) miqdorida jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi
9Alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirisheng kam ish haqining 15 barobari (1 776 000 so‘m) miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yildan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi
10Haydovchining alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastligi yoki mast emasligini belgilangan tartibda aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi transport vositasini boshqarish huquqidanbir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi
11Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsaeng kam ish haqining o‘ttiz barobari (3 552 000 so‘m) miqdorida jarima solishga yoki 15sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi
12Yo‘l-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi eng kam ish haqining o‘ttiz barobari miqdorida jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidanikki yil muddatga mahrum etishga, yoxud 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi