Часто задаваемые вопросы
Mashina sotib olish uchun siz sotish haqidagi e’lonlar bo‘limiga kirishingiz yoki qidiruv xizmatidan foydalanishingiz mumkin. Shuningdek, ba’zi sotiladigan mashinalarni bosh sahifaning yuqoridagi qismida ko‘rishingiz mumkin.
Sizga yoqqan mashinani tanlaganingizdan so‘ng to‘la ma’lumot olish uchun e’lonning sahifasiga o‘tishingiz mumkin.
E’lon sahifasida, narxning tagida, o‘ng tomonda aloqa uchun axborot bo‘limidan avtomobil egasining ismi va telefon raqamini olishingiz mumkin va u bilan avtomobilni sotib olish haqida kelishishingiz mumkin.
Bilmaymiz. Haqiqatda bilmaymiz.
Narxni avtomobilning egasi belgilaydi, biz u o‘rnatgan narxga ta’sir ko‘rsata olmaymiz.
Ayrim hollardan tashqari saytda ko‘rsatilgan narxlar odatda avtomobil bozoridagi o‘rtacha narxga to‘g‘ri keladi.
Avtomobil egalaridan. E’lon avtomobil egasi tomonidan, yoki bizning vakilimiz tomonidan joylashtirilib, uning mavjud telefon raqamini (+998(90) 919-83-38) doimo bizning saytimizning chap yuqori burchagidan topishingiz mumkin.
Sizning e’loningizning saytda nashr etilmaganligining bir nechta sabablari mavjud.
Birinchidan
Sizning e’loningiz moderator tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Ikkinchidan
Ko‘rsatilgan aloqa bo‘yicha ma’lumotlar to‘g‘ri emas, amal qilmaydi yoki haqiqiy emas.
E’lon saytga joylashtirilganidan so‘ng darrov nashr etilmaydi, bizning vakilimiz tomonidan tekshiruvdan o‘tadi.
Agar biz avtomobil egasiga qo‘ng‘iroq qilib tusholmasak, yoki avtomobil egasi qayta qo‘ng‘iroq qilmasa, vakil yana bir bor qo‘ng‘iroq qiladi. Ikkinchi qo‘ng‘iroq ham muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, aloqa haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Vakil har bir avtomobil egasiga qo‘ng‘iroq qilib, ko‘rsatilgan telefon raqami to‘g‘ri ekanligi va avtomobil egasi e’lon joylashtirilganligi haqida xabardor ekanligini tekshiradi.
Shuningdek, vakil avtomobil egasiga ma’lumotlar to‘liq kiritilmagan, yoki noto‘g‘ri kiritilgan, avtomobil egasi e’lon yozish davrida qiyinchilikka duch kelganida (shunaqasi ham uchrab turadi) holatlarida ham yordam berishi mumkin.
Uchinchidan
E’lon nashr qilingan, lekin sizning e’loningizdan tashqari yana e’lonlar nashr etilgan bo‘lsa. Sizning e’loningiz ikkinchi betga, yoki bosh sahifadan tashqariga o‘tib qolgan.
To‘rtinchidan
Nimadir noto‘g‘ri bo‘lgan.
Agar siz shunday holatga duch kelsangiz bizning vakilimizga murojaat qilishingiz mumkin (uning telefon raqamini +998(90) 919-83-38 saytimizning chap yuqori burchagidan topishingiz mumkin).
Shuningdek quyidagi manzilga xat yuborishingiz mumkin info@car.uz. Shunindek, taklif va tavsiyalarni ham qabul qilamiz.
Yana biz bilan facebook orqali bizning sahifamizga shaxsiy xabar yuborib, yoki sharh berish yo‘li bilan bog‘lanishingiz mumkin.
Mashinani ijaraga olish yo‘li ham xuddi uni sotib olishga o‘xshaydi, lekin, bizda ijaraning 2 turi mavjudligini hisobga olish kerak. Birinchisi, keyinchalik sotib olish yo‘li bilan ijaraga olish, ikkinchisi ma’lum tadbirlar uchun mashinani ijaraga olish, yoki saytda ijaraning bu turi prokat deb ataladi.
Mashinani ijaraga olish uchun keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga olish yoki prokat to‘g‘risidagi e’lonlar sahifasiga kirish kerak, yoki qidiruv xizmatidan foydalanish kerak. Shuningdek, ba’zi ijaraga beriluvchi mashinalarni bosh sahifaning o‘rta va pastki bloklarida ko‘rishingiz mumkin.
Sizga yoqqan mashinani tanlaganingizdan so‘ng to‘la ma’lumot olish uchun e’lonning sahifasiga o‘tishingiz mumkin.
E’lon sahifasida, narxning tagida, o‘ng tomonda aloqa uchun axborot bo‘limidan avtomobil egasining ismi va telefon raqamini olishingiz mumkin va u bilan avtomobilni ijaraga olish haqida kelishishingiz mumkin.
Har bir e’lon sahifasida, narxning tagida, o‘ng tomonda aloqa uchun axborot bo‘limidan avtomobil egasining ismi va telefon raqamini olishingiz mumkin.
Ehtimol sizga quyidagi masalalar bo‘yicha axborot ham kerakdir:
Quyidagi qidiruv xizmati bo‘yicha topishingiz mumkin: http://www.car.uz/uz_lat/search
Mashina ko‘rsatkichlarida bosilgan masofa 0 dan 0 gacha deb ko‘rsating.
Hozirgi paytda bizda faqat bitta yangi mashina mavjud. Tez orada ko‘payib qoladi.
Ushbu axborotni har bir avtomobil egasidan aniqlashtirish kerak.
"Mashina egasi bilan aloqa haqida axborotni qayerdan topish mumkin?" degan savol bilan tanishish ham tavsiya qilamiz.
Siz o‘z e’loningizni shaxsiy kabinetning mening e’lonlarim bo‘limidan topishingiz mumkin.
Kabinetga “Mening kabinetim” tugmasining bosish yo‘li bilan kirish (“mening kabinetim” ga kirish yo‘lini saytning yuqori o‘ng qismidan topish mumkin) va chiqqan menyudan “Mening e’lonlarim” bo‘limiga kirish mumkin.
“Mening e’lonlarim” bo‘limiga o‘tib o‘zingiz joylashtirgan yoki siz uchun joylashtirilgan e’lonlarga o‘tishingiz mumkin.
Agar siz avtorizatsiyadan o‘tmagan bo‘lsangiz “Mening e’lonlarim” tugmasining o‘rniga “Kirish” tugmasi chiqadi. Mobil versiyada bu tugmani mobil menyudan topasiz (yuqori chap qismda uchta chiziqcha).
“Kirish” tugmasini bosib kabinetga kirish uchun telefon raqamini va parolni kiritish uchun darchani ko‘rasiz.
Telefoningiz raqamini (mintaqa kodi va raqam probelsiz. 998 prefiksini ko‘rsatish kerak emas) va parolni tering, parol telefoningizga ko‘rsatgan raqamingiz bo‘yicha sms sifatida yuboriladi.
Tugmani bosing.
Saytda muvaffaqiyatli avtorizatsiyadan o‘tganingizdan so‘ng saytning yuqori qismida chapda “Mening kabinetim” tugmasi paydo bo‘ladi.
Ha, sota olasiz.
E’lon qo‘shish uchun saytning yuqori qismida yoki mobil versiyada chap tomondagi (yuqori chap qismda uchta chiziqcha) “E’lonni qo‘shing” tugmasini bosing.
Tugmani bosgach, bajariluvchi amal ko‘rsatilgan darchani ko‘rasiz (sotish yoki sotib olish shaoti bilan ijara).
Zarur bo‘lgan amalni tanlang.
So‘ngra siz e’lon qo‘shiladigan shaklga kirasiz.
O‘z avtomobilingiz haqida ma’lumotlarni qo‘shing, fotosuratlar qo‘ying, narxini ko‘rsating va e’loningizni saqlang.
Shundan keyin sizning e’loningiz moderatsiya tushadi va undan keyin saytga joylashtirilib, uni foydalanuvchilar ko‘rishi mumkin bo‘ladi.
Diqqat! Moderatsiyadan o‘tish uchun sotiladigan avtomobilning kamida bitta fotosurati bo‘lishi shart. Internetdan olingan rasmlar va reklama suratlar avtomobil surati hisoblanmaydi.
E’lonni shaxsiy kabinetdagi “Mening e’lonlarim” bo‘limida o‘chirish mumkin.
“Mening e’lonlarim” bo‘limining o‘zida e’lonni tahrir qilish mumkin, lekin e’lon nashr qilinib bo‘lganidan keyin tahrir qilinmaydi.
Agar siz bo‘limning qayerda joylashganligini topa olmasangizSaytdan o‘z e’lonini qanday topish kerak? savoliga javob bilan tanishib chiqing.