Bu sahifada biz nisbatan yengil huquqbuzarlik uchun solinuvchi jarimalar ro‘yxatini ko‘rib chiqdik.
Ikkinchi qismda yo‘l harakati qoidalarining nisbatan jiddiy buzilishlari holatida solinuvchi jarimalar haqida ma’lumot beramiz.
1 | Transport vositalarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzilishiga | eng kam ish haqining uch barobari (355 200 so‘m) miqdorida jarima solinadi |
2 | Agar haydovchi bir yil davomida xuddi shunday qoidani takroran buzsa, jarima miqdori | eng kam ish haqining besh barobarini tashkil etadi (592 000 so'm) |
3 | Transport vositalari haydovchilarining, jumladan, mototsikl haydovchilarining yo‘llarda yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki avariya holatini keltirib chiqaruvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi | eng kam ish haqining uch barobari miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi (355 200 so'm) |
4 | Haydovchilarning temir yo‘lning o‘tish joylaridan o‘tish qoidalarini buzishi | eng kam ish haqining uch barobari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi (355 200 so'm) |
5 | Transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslarning ularni boshqarishi, shuningdek, boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxsga transport vositalarini boshqarishning topshirilishi | eng kam ish haqining uch barobari (355 200 so‘m) miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi |
6 | Agar transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslar bunday vositalarni boshqarsa | eng kam ish haqining besh barobari (592 000 so‘m) miqdorida jarimaga tortiladi |
7 | Moped, velosiped haydovchining, ulovli aravani boshqarib boruvchi shaxsning alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast bo‘lgan holda yo‘l harakati qoidalarini buzishi | eng kam ish haqining uch barobari miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi (355 200 so'm) |
8 | Agar haydovchi foydalanish taqiqlangan transport vositasini boshqarsa, shuningdek, davlat raqami belgisi o‘zboshimchalik bilan yechib olingan transport vositalarini boshqarsa | eng kam ish haqining besh barobari (592 000 so‘m) miqdorida jarima solinishga sabab bo‘ladi |
9 | Yuk tashish qoidalari va shatakka olish qoidalarini buzish | eng kam ish haqining besh barobari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi (592 000 so'm) |
10 | Harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborish | eng kam ish haqining besh barobari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi (592 000 so'm) |
11 | Haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tishi bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa | eng kam ish haqining besh barobari miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi (592 000 so'm) |
12 | Agar haydovchi to‘sqinliksiz harakat qilish huquqidan foydalanadigan transport vositalarining o‘tib ketishiga xalaqit bersa | eng kam ish haqining besh barobari (592 000 so‘m) miqdorida jarimaga tortiladi |